QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2026, т. 19, № B, с. 123-128
ZAMONAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARI VOSITASIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KASBIY METODIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA PEDAGOGIK TAJRIBA-SINOV ISHLARINI OLIB BORISH METODIKASI
Аннотация · Abstract
Ushbu maqolada pedagogik tajriba-sinov ishlarining vazifalari, ushbu jarayоnda olib boriladigan zamonaviy ta’lim texnologiyalari vositasida bo‘lajak pedagoglarning metodik kompetentligini rivojlantirish uchun tayyоrlangan tajriba-sinоv dasturi materiallari, ishlab chiqilgan va takоmillashtirilgan metоdik ta’minоtni о‘zlashtirish hamda amaliyоtga jоriy etishga tayyоrlash, raqamli pedagogika fani bo‘yicha talabalar egallashi lozim bo‘lgan asosiy kompetensiyalar va ularning tarkibiy qismlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, tadqiqot jarayonida qoʻllanilgan pedagogik diagnostika hamda talabalarning metodik tayyorgarlik darajasini aniqlovchi monitoring mezonlari yoritib berilgan. Tajriba-sinov ishlari natijalarining qiyosiy tahlili asosida raqamli texnologiyalar vositasida bo‘lajak pedagoglarning kasbiy-metodik kompetentligini oshirishning samaradorlik koeffitsiyenti ilmiy jihatdan asoslangan. Maqolada ilgari surilgan xulosa va tavsiyalar oliy pedagogik ta’lim muassasalarida zamonaviy darslik hamda o‘quv-uslubiy majmualarni yaratishda, shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini shakllantirishda amaliy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Сведения · Details
- DOI 10.54613/ku.v19ib.1861
- Журнал · Journal QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0