QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2026, т. 19, № B, с. 98-102
KALAMBUR VA SO‘Z O‘YINI: TERMINOLOGIK CHEGARALAR
Аннотация · Abstract
Maqolada “kalambur” va “so‘z o‘yini” atamalarining mazmuniy hajmi, o‘zaro munosabati va farqlovchi belgilari lingvistik jihatdan tahlil qilinadi. Ishning maqsadi bu ikki tushuncha sinonim yoki yo‘qligini aniqlashdir. Tadqiqotda ta’rifiy, komponent, kontekstual va qiyosiy tahlil usullaridan foydalanildi. Tahlil o‘zbek tili materialidan olingan sakkizta namunadan iborat pilot tanlama asosida o‘tkazildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, “so‘z o‘yini” kengroq, jins tushunchasi bo‘lib, tilning fonetik, grafik, morfologik va semantik darajalaridagi ijodiy o‘yinlarni qamrab oladi. “Kalambur” esa uning semantik asosga qurilgan, bir nutqiy parchada ikki ma’noning faollashuviga tayanadigan xususiy turidir. Demak, ikki tushuncha o‘zaro giponimik (tur-jins) munosabatda turadi va to‘liq sinonim emas. Shuningdek, maqolada kalambur va so‘z o‘yini o‘rtasidagi munosabat o‘zbek tili materiallari asosida qiyosiy tahlil qilinib, ularni farqlashga xizmat qiluvchi semantik, strukturaviy va pragmatik mezillar aniqlashtirilgan. Mumtoz Sharq poetikasidagi tajnis san’atining kalambur bilan mushtarak va farqli jihatlari yoritilib, olingan xulosalarning terminologik, leksikografik, tarjimashunoslik va ta’limiy ahamiyati asoslangan.
Сведения · Details
- DOI 10.54613/ku.v19ib.1856
- Журнал · Journal QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0