QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2026, т. 19, № B, с. 79-81
TUN VA YOLG‘IZLIK KONSEPTLARINING G‘ARB VA SHARQ BADIIY TAFAKKURIDAGI EKZISTENSIAL INTERPRETATSIYASI
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada tun va yolg‘izlik konseptlarining G‘arb va Sharq badiiy tafakkuridagi ekzistensial interpretatsiyasi qiyosiy-ekzistensial yondashuv asosida tadqiq etiladi. Tun va yolg‘izlikning insonning ichki mavjudligi, xotira, hijron, qo‘rquv, begonalashuv, ruhiy izlanish va o‘zlikni anglash bilan bog‘liq semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda G‘arb adabiyotidan Samuel Taylor Coleridge va Edgar Allan Poe asarlari, Sharq adabiyotidan esa Jaloliddin Rumiy va Hofiz Sheroziy she’riyati asosiy tahlil materiali sifatida tanlandi. Natijalar G‘arb badiiy tafakkurida tungi yolg‘izlikning ko‘proq individual tafakkur, xotira, ruhiy izolyatsiya va yo‘qotish hissi bilan, Sharq poetikasida esa hijron, sog‘inch, ma’shuqni izlash va ma’naviy yaqinlikka intilish bilan bog‘lanishini ko‘rsatadi. Shuningdek, tun va yolg‘izlikning har doim salbiy semantik mazmun kasb etmasligi, ayrim asarlarda tanholik ichki mushohada va ruhiy uyg‘onish sharoiti sifatida namoyon bo‘lishi aniqlandi. Tadqiqot tun va yolg‘izlikni turli adabiy-madaniy an’analarda o‘ziga xos mazmun kasb etuvchi, biroq insonning mavjudlik tajribasini ifodalashda mushtarak poetik ahamiyatga ega konseptlar sifatida baholaydi.
Сведения · Details
- DOI 10.54613/ku.v19ib.1849
- Журнал · Journal QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0