QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2026, т. 19, № B, с. 75-78
MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY DRAMATIK ASARLARINING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada Mahmudxo‘ja Behbudiy dramatik asarlarining leksik-semantik xususiyatlari lingvistik va uslubiy jihatdan tadqiq etiladi. Adib dramaturgiyasi tilida qo‘llangan leksik birliklarning mazmuniy tarkibi, semantik guruhlari, tarixiy-madaniy va ijtimoiy-ma’rifiy mohiyati tahlil qilinadi. Xususan, asarlar leksikasidagi umumxalq tiliga xos birliklar, ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy, diniy-axloqiy hamda milliy-madaniy mazmunni ifodalovchi so‘zlar, shuningdek, arabcha va fors-tojikcha o‘zlashmalarning semantik-uslubiy vazifalariga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqotda tavsifiy, leksik-semantik, kontekstual va qiyosiy tahlil metodlaridan foydalanilib, leksik birliklarning qahramonlar nutqini individuallashtirish, davr ijtimoiy muhitini aks ettirish hamda muallifning ma’rifatparvarlik g‘oyalarini ifodalashdagi o‘rni ochib beriladi. Tahlillar natijasida Behbudiy dramaturgiyasi leksikasi XX asr boshlaridagi o‘zbek adabiy tili taraqqiyoti, jadidchilik davri ijtimoiy-ma’rifiy tafakkuri va milliy til imkoniyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan muhim lingvistik manba ekanligi asoslanadi.
Сведения · Details
- DOI 10.54613/ku.v19ib.1848
- Журнал · Journal QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0