QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2026, т. 19, № B, с. 72-74
NOLISONIY OMILLARNING MEDIA DISKURSIDAGI TIL TANLOVIGA TA’SIRI
Аннотация · Abstract
Maqolada inglizcha-o‘zbekcha media diskursining shakllanishida nolisoniy omillarning o‘rni tadqiq etiladi. Muallif til tanlovi hodisasini sof lingvistik jarayon emas, balki siyosiy-huquqiy, iqtisodiy, texnologik, ijtimoiy-madaniy va adressat omillarining kesishuvida yuzaga keladigan diskursiv qaror sifatida talqin qiladi. O‘zbek media matnlaridan olingan empirik material asosida nolisoniy omillarning besh guruhli tasnifi ishlab chiqilgan hamda ularning media janrlari bo‘yicha ierarxiyasi aniqlangan. Tadqiqot natijalari o‘zbek tilini saqlash strategiyalarini ishlab chiqishda amaliy ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, maqolada inglizcha birliklarning o‘zbek media makoniga kirib kelishi va faol qo‘llanishiga sabab bo‘luvchi omillarning o‘zaro munosabati, ularning turli kommunikativ vaziyatlarda namoyon bo‘lish xususiyatlari yoritiladi. Media janrlari o‘rtasidagi farqlar asosida til vositalarini tanlash mezonlari tahlil qilinib, milliy til me’yorlari bilan zamonaviy axborot almashinuvi talablari o‘rtasidagi muvozanat masalasiga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, o‘zbekcha muqobillarni ommalashtirish, media matnlarining lingvistik sifatini oshirish va til siyosatining amaliy samaradorligini kuchaytirishga doir ilmiy-amaliy qarashlar ilgari suriladi. Maqolaning ilmiy ahamiyati media diskursidagi til tanlovini nolisoniy omillar bilan uzviy bog‘liq holda o‘rganish hamda mazkur jarayonni tizimli tahlil qilish mezonlarini aniqlashtirishda namoyon bo‘ladi.
Сведения · Details
- DOI 10.54613/ku.v19ib.1847
- Журнал · Journal QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0