Central Asian Research Index

QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2026, т. 19, № B, с. 33-35

AYOLLAR NASRINING RIVOJIDA AGATA KRISTINING ESTETIK QARASHLARI

Shakhzoda Yusupova

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada Agata Kristi ijodining XX asr ayollar nasri taraqqiyotidagi o‘rni va yozuvchining ayol obrazlarini yaratishdagi estetik qarashlari tahlil qilinadi. Yozuvchining Miss Marpl, Tuppens va boshqa ayol obrazlari misolida ayolning jamiyatdagi mavqei, uning kuzatuvchanligi, mustaqil fikrlashi va ma’naviy tanlovlari yoritiladi. Kristi detektiv janr imkoniyatlaridan foydalanib, ayol obrazini faqat jinoyat qurboni yoki ikkinchi darajali qahramon sifatida emas, balki voqealar mohiyatini anglay oladigan faol shaxs sifatida tasvirlagani ko‘rsatiladi. Tadqiqotda yozuvchi asarlaridagi intellektual ayol tabiati o‘sha davr jamiyatidagi gender stereotiplariga qarshi o‘ziga xos isyon ekanligi asoslab beriladi. Maqolada an’anaviy detektiv qoliplarini parchalab, ayol mantig‘i va intuitiv qobiliyatini yuksak tahliliy tafakkur darajasiga ko‘targan Agata Kristining badiiy mahorati ochib beriladi.

Сведения · Details