Central Asian Research Index

QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2026, т. 19, № B, с. 5-13

MILLIY O‘ZLIK VA IDENTITETNING QIYOSIY-TIPOLOGIK HAMDA NARRATOLOGIK TALQINI

Bahor To‘rayeva

Аннотация · Abstract

Maqolada Rashod Nuriy Gunteginning “Iztirob” va Ulug‘bek Hamdamning “Ota” romanlarida milliy o‘zlik hamda identitet shakllarini ifodalovchi badiiy vositalar qiyosiy-tipologik, narratologik va lingvomadaniy yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda ikki romanning syujet-kompozitsion qurilishi, roviy nuqtayi nazari, retrospeksiya, ichki monolog, xotira, badiiy detal va obrazlar tizimining identitetni shakllantirishdagi vazifasi yoritiladi. “Iztirob”da asosiy hikoya bilan Murshit afandining “Hatıra Defteri” parallel narrativ sath hosil qilib, Zehraning otasi haqidagi keskin hukmlaridan voz kechishga sabab bo‘ladi. “Ota”da esa urush xotiralari, ichki monolog, qamoq hayoti, ichki ziddiyat va nevara obrazi Po‘latning ruhiy-ma’naviy o‘zgarishini belgilaydi. Turk romanida Zehraning otasiga, o‘zbek romanida esa otaning qiziga nisbatan chiqargan hukmi jamiyatdagi axloqiy mezonlar, nomus, ma’rifat, vijdon, tavba va rahm-shafqat qadriyatlari bilan bog‘liq holda talqin qilinadi. “Iztirob”da milliy o‘zlik modern turk jamiyatining maktab, ma’rifat, ayolning ijtimoiy faolligi orqali ifodalansa, “Ota”da urush xotirasi, mahalla, otalik, nomus, tavba, avlod davomiyligi va xalqona til orqali namoyon bo‘ladi. Qiyosiy tahlil har ikki romanda shaxsiy identitetning oila qadriyatlari, ijtimoiy muhit va axloqiy mezonlar ta’sirida shakllanishini ko‘rsatadi hamda otalik, avlod mas’uliyati va insonparvarlikning umuminsoniy mohiyatini ochib beradi.

Сведения · Details