Central Asian Research Index

QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2026, т. 19, № A, с. 267-271

NAVOIY BADIIY TAFAKKURIDA PARVONA: OBRAZ, RAMZ VA POETIK MA’NO

Shodiya Turdiyeva

Аннотация · Abstract

Sharq mumtoz adabiyotida obraz tizimi, timsollar va tashbehlar muhim ahamiyatga egadir. Ko‘plab mutasavvif shoirlar o‘zlarining so‘z qo‘llash mahoratlarini ko‘rsatish uchun she’riy san’atlar, timsollar va obrazdan unumli foydalangan. Obraz shoirning fikri, qarashlari, tasavvurlarini gavdalantiradi. Qolaversa, shoirlar bir obrazni turli ma’nolarda qo‘llash orqali asar badiiyligi, tasvir ta’sirchanligini, shoirlik mahoratini ko‘rsatishgan. Bir obrazni ko‘plab ma’nolarda qo‘llash ijodkorning badiiy so‘zdan qay darajada foydalana olishi, uning maqsadini aniqroq ifodalashga xizmat qiladi. Ular orasida parvona obrazi boshqalardan alohida ajralib turadi. Tasavvuf adabiyotining ko‘plab namoyandalari singari Alisher Navoiy ijodida ham bu obrazni bir qator ma’nolarda qo‘llanilganligini ko‘ramiz. Ushbu maqolada shoirning ijodida uchraydigan parvona obrazining oshiq timsoli sifatida gavdalantirilmagan baytlar tahlil qilingan. Obrazning asardagi o‘rni, badiiy tasvirdagi ahamiyati, ijodkor maqsadini yuzaga chiqarishdagi ishtiroki o‘rganilgan. Parvona obrazi ilm, egrilik, do‘st, yulduz, qushlar, Hazrati Ibrohim timsoli sifatida qo‘llanilganda ijodkorning maqsadini qay darajada ochib berishi va obrazning o‘ziga xosliklari tahlillar orqali ko‘rsatib berilgan.

Сведения · Details