Central Asian Research Index

QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2026, т. 19, № A, с. 261-266

IJTIMOIY TARMOQLAR TILIDA ME’YOR VA UZUS MUNOSABATI: O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARI QIYOSIY TAHLILI

D.Sh. Egamnazarova

Аннотация · Abstract

Maqolada ijtimoiy tarmoqlarda shakllanayotgan nutq amaliyotining kodifikatsiyalangan adabiy me’yor bilan munosabati o‘zbek va ingliz tillari qiyosida tadqiq etiladi. E.Koseriuning “tizim – me’yor – nutq” triadasi va L.Yelmslevning uzus haqidagi qarashlariga tayanib, uzus me’yorga to‘g‘ridan to‘g‘ri zid turmasligi, aksincha, uni ichdan qayta sozlashi, ayrim hollarda esa muayyan registr bilan chegaralangan vaziyatiy me’yorlarni yuzaga keltirishi asoslanadi. Grafik-orfografik, punktuatsion, leksik, grammatik va pragmatik sathlardagi hodisalar tipologiyasi ishlab chiqilib, uzus bosimi qiyoslanayotgan tillarda turlicha kechishi ko‘rsatiladi: ingliz tilida u leksikografik e’tirof va tinish belgilarining pragmatiklashuvi orqali, o‘zbek tilida esa digrafiya bilan bog‘liq grafik beqarorlik hamda so‘zlashuv va sheva shakllarining yozma nutqqa ko‘chishi orqali namoyon bo‘ladi.

Сведения · Details