Central Asian Research Index

QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2026, т. 19, № A, с. 246-249

XUSUSIY TIBBIY XIZMATLAR RAQOBATBARDOSHLIGI IQTISODIY MEXANIZMI SAMARADORLIGIGA TAʼSIR KOʻRSATUVCHI OMILLAR

Umidjon Toʻxtayev

Аннотация · Abstract

Maqolada xususiy tibbiy xizmatlar raqobatbardoshligi iqtisodiy mexanizmi samaradorligini shakllantiruvchi omillar koʻp darajali tizim sifatida tadqiq etilgan. Omillar anʼanaviy ichki va tashqi guruhlash bilan cheklanmasdan, ularning iqtisodiy mexanizmga taʼsir kanali, boshqarilish darajasi va natijaga taʼsir xususiyati boʻyicha tasniflangan. Moliyaviy-investitsion, tashkiliy-boshqaruv, texnologik, kadrlar, servis-marketing, institutsional-huquqiy, sugʻurta-moliyalashtirish, raqobat muhiti va hududiy talab omillarining oʻzaro taʼsiri ochib berilgan. Muallif tomonidan “resurs salohiyati – boshqaruv qobiliyati – xizmat jarayoni – bemor uchun qiymat – bozor natijasi – iqtisodiy barqarorlik” zanjiri asosida omillarning taʼsir mexanizmi taklif etilgan. Oʻzbekistonda 2026-yildan davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari uchun yagona bazaviy narxlar, akkreditatsiya, raqamli integratsiya va davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarining kengayishi raqobatbardoshlik omillarining tarkibiy nisbatini oʻzgartirayotgani asoslangan.

Сведения · Details