Central Asian Research Index

QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2026, т. 19, № A, с. 226-229

BADIIY NASRDA EKZISTENSIAL INQIROZ VA TANLOV MUAMMOSI: YEVROPA ADABIYOTSHUNOSLIGIDA NAZARIY TALQINLAR

Muxlisa Abdimurodova

Аннотация · Abstract

Ushbu ilmiy maqolada XX asr Yevropa badiiy nasrida ekzistensial inqiroz va tanlov muammosining paydo bo‘lishi, uning nazariy-falsafiy asoslari hamda poetik xususiyatlari adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda Soren Kierkegaard, Jean-Paul Sartre, Albert Kamus va Martin Xaydigger kabi mutafakkirlarning falsafiy konsepsiyalari badiiy matn strukturasi bilan qiyosiy o‘rganilgan. Maqolada insonning o‘zligini anglash jarayonidagi ruhiy iztiroblari, begonalashuv hodisasi, absurd kontseptsiyasi va fojiaviy tanlov masalasi adabiy kategoriya sifatida asoslab berilgan. Narrativ strategiyalar, “anglash oqimi” hamda ichki monologlarning badiiy funksiyasi o‘rganilib, zamonaviy nasrdagi inson konsepsiyasining Yevropa adabiy an’analaridagi nazriy talqinlari umumlashtiriladi. Shuningdek, maqolada ekzistensial inqirozning badiiy obraz yaratish, konfliktni tashkil etish va narrativ struktura shakllanishidagi o‘rni ochib beriladi. Qahramonning ichki kechinmalari, qaror qabul qilish jarayoni va tashqi muhit bilan munosabati o‘rtasidagi bog‘liqlik asosida ekzistensial holatlarning poetik mexanizmlari aniqlanadi. Tadqiqotda Yevropa nasrida shakllangan ushbu badiiy tamoyillarning keyingi adabiy jarayonlarga ta’siri hamda inson konsepsiyasini yangicha talqin etishdagi ahamiyati umumlashtiriladi.

Сведения · Details