QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2026, т. 19, № A, с. 212-215
ZAMONAVIY MEDIADISKURSDA IJTIMOIY MASOFANI IFODALOVCHI LINGVISTIK VOSITALAR
Аннотация · Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy mediadiskursda ijtimoiy masofa kategoriyasining lingvistik ifodalanish vositalari tizimli tahlil qilinadi. Tadqiqotda ijtimoiy masofaning leksik, grammatik va pragma-uslubiy sathlardagi ifodalanish mexanizmlari aniqlanadi, jumladan, murojaat shakllari, unvon va lavozim nomlari, olmoshlar tizimi, fe’l shakllaridagi ehtirom kategoriyasi hamda kommunikativ strategiyalar tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari ijtimoiy masofaning mediadiskursda nafaqat til vositalari, balki janr, platforma va auditoriya omillari bilan ham belgilanadigan dinamik hodisa ekanligini tasdiqlaydi. Maqolada ijtimoiy masofaning mediadiskursdagi namoyon bo‘lishi rasmiy matbuot, intervyu, teleko‘rsatuv, onlayn nashrlar va ijtimoiy tarmoqlar materiallari asosida yoritiladi. Tahlil jarayonida kommunikantlarning ijtimoiy maqomi, yoshi, kasbiy mavqei, kommunikativ maqsadi va auditoriya bilan munosabati kabi omillarning til birliklarini tanlashga ta’siri aniqlanadi. Shuningdek, an’anaviy nutq etiketi vositalari bilan raqamli kommunikatsiyaga xos norasmiy va interaktiv birliklarning o‘zaro munosabati ochib beriladi. Mediadiskursda ijtimoiy masofaning o‘zgaruvchanligi kommunikativ vaziyat, media platformasi va janr xususiyatlari bilan bog‘liq holda izohlanib, lingvistik vositalarning nafaqat hurmat va rasmiylikni, balki yaqinlik, solidaritet, institutsional mavqe va guruhlararo chegaralanishni ifodalashdagi imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi.
Сведения · Details
- DOI 10.54613/ku.v19ia.1812
- Журнал · Journal QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0