Central Asian Research Index

QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2026, т. 19, № A, с. 207-211

MUHANDISLIK GEOMETRIYASI VA KOMPYUTER GRAFIKASI TA’LIMIDA 3D MODELLASHTIRISH ASOSIDA FAZOVIY VIZUALIZATSIYANI RIVOJLANTIRISH

Gulnoraxon Mamasidikova

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada bo‘lajak muhandislarning grafik kompetensiyalarini rivojlantirishda 3D modellashtirish, fazoviy vizualizatsiya hamda audio-video texnologiyalarining metodik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Muhandislik geometriyasi va kompyuter grafikasi fanlarini o‘qitishda ikki o‘lchamli chizma va uch o‘lchamli model o‘rtasidagi bog‘liqlikni shakllantirish, geometrik obyektlarni fazoda tasavvur qilish, ularni yaratish, o‘zgartirish, aylantirish, kesimlarini hosil qilish va turli proyeksiyalarda tahlil qilish jarayonlariga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqotda raqamli modellashtirish muhitining talabalarning mustaqil grafik faoliyatini tashkil etishdagi imkoniyatlari ham ko‘rib chiqiladi. 3D obyektlar bilan amaliy ishlash orqali geometrik masalalarni kuzatish, sinab ko‘rish va qayta konstruksiyalash imkoniyatlarining kengayishi ta’lim mazmunini amaliy muhandislik vazifalariga yaqinlashtiradi. Shuningdek, turli murakkablikdagi modellashtirish topshiriqlarini izchil qo‘llash orqali talabalarning individual tayyorgarlik darajasini hisobga olish va ularning grafik faoliyatini bosqichma-bosqich rivojlantirish imkoniyati yuzaga keladi. Ushbu yondashuv muhandislik grafikasi mashg‘ulotlarida mustaqil ishlash, geometrik qarorlarni asoslash va raqamli loyihalash ko‘nikmalarini shakllantirish uchun metodik asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Сведения · Details