Central Asian Research Index

QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2026, т. 19, № A, с. 193-198

O‘ZBEK TILIDA DO‘PPIDO‘ZLIK LEKSIKASINING VUJUDGA KELISH OMILLARI VA SABABLARI

Dilafruz Mamatova

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi do‘ppido‘zlik leksikasining shakllanishi, tarkibiy xususiyatlari va vujudga kelishiga ta’sir etuvchi lingvistik hamda ekstralingvistik omillar tahlil qilinadi. Do‘ppido‘zlikka oid leksik birliklar ma’no va kasbiy qo‘llanish xususiyatlariga ko‘ra guruhlashtirilib, ularning asbob-uskuna, material va xomashyo, texnika va uslub, tayyor mahsulot hamda hunar jarayonini ifodalovchi qatlamlari aniqlanadi. Tadqiqotda tavsifiy, qiyosiy-tarixiy, dala-dialektologik, leksik-semantik va so‘z yasalishi tahlili metodlaridan foydalanilgan. Tahlil uchun lug‘atlar, etnografik manbalar, filologik tadqiqotlar hamda hududiy dala materiallari asosida jamlangan leksik birliklar jalb etilgan. Do‘ppido‘zlik leksikasining shakllanishida ijtimoiy-iqtisodiy, hududiy-dialektal, tilning ichki taraqqiyoti, tarixiy til aloqalari, madaniy-ma’naviy va marosim bilan bog‘liq omillarning o‘zaro ta’siri aniqlangan. Shuningdek, ushbu leksik qatlamda yasama so‘zlar, so‘z birikmali terminlar, semantik ixtisoslashuv va o‘zlashma birliklarning ishtiroki ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari do‘ppido‘zlik leksikasining nafaqat kasbiy nomlash tizimi, balki o‘zbek xalqining hunarmandchilik tajribasi, hududiy an’analari va madaniy xotirasini aks ettiruvchi muhim leksik qatlam ekanini asoslashga xizmat qiladi.

Сведения · Details