QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2026, т. 18, № C, с. 148-150
O‘ZBEK VA INGLIZ BOLALAR XALQ O‘YINLARIDA RAMZIYLIK VA KOGNITIV MODELLAR
Аннотация · Abstract
Maqolada bolalar xalq o‘yinlarida namoyon bo‘ladigan ramziylik va kognitiv modellar lingvomadaniy hamda kognitiv yondashuvlar asosida tadqiq etiladi. Bolalar xalq o‘yinlari nafaqat ko‘ngilochar faoliyat, balki xalqning milliy dunyoarashi, qadriyatlari, urf-odatlari va ijtimoiy tajribasini ajdodlardan avlodlarga yetkazuvchi muhim madaniy fenomen sifatida talqin qilinadi. Maqolada o‘yinlardagi hayvon va qushlar, tabiat hodisalari, predmetlarning ramziy ma’nolari aniqlanib, ularning muayyan konseptlar bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Bolalar o‘yinlarida ramz va kognitiv modellarning o‘zaro aloqasi orqali ikki millat tafakkurida farqlar kuzatiladi. Tadqiqot natijalari bolalar xalq o‘yinlarini lingvomadaniy, kognitiv va semiotik jihatdan kompleks o‘rganish uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi, ramzlarning muayyan milliy konseptlarni shakllantirish va bolalarning atrof-muhit, jamiyat hamda insonlararo munosabatlar haqidagi tasavvurlarini rivojlantirishdagi rolini ko‘rsatadi. Shuningdek, universal kognitiv modellar turli xalqlar o‘yinlarida o‘xshash shakllarda namoyon bo‘lishi bilan birga, ularning mazmuniy va lingvomadaniy talqinida milliy o‘ziga xosliklar mavjudligi aniqlanadi.
Сведения · Details
- DOI 10.54613/ku.v18ic.1791
- Журнал · Journal QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0