Central Asian Research Index

QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2026, т. 18, № C, с. 13-16

ALTRUISTIK KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI

Maftuna Otajonova, Mirzaraxim Zokirov

Аннотация · Abstract

Mazkur tadqiqotda altruistik kompetensiyani rivojlantirishda interfaol metodlardan foydalanish samaradorligi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqotning asosiy maqsadi interfaol metodlarning o‘quvchilarda empatiya, hamkorlik, ijtimoiy mas’uliyat va insonparvarlik kabi altruistik sifatlarni rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlarini aniqlashdan iborat bo‘ldi. Tadqiqot davomida kompetensiyaviy yondashuv, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim va hamkorlik pedagogikasi metodologik asos sifatida qo‘llanildi. Empirik tadqiqotlarda kuzatish, savolnoma, suhbat, diagnostik test va pedagogik tajriba metodlaridan foydalanildi. Tajriba-sinov ishlari umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirokida tashkil etilib, tajriba va nazorat guruhlari faoliyati o‘zaro taqqoslandi. Tadqiqot natijalari interfaol metodlar asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar o‘quvchilarning altruistik kompetensiyasini sezilarli darajada rivojlantirishini ko‘rsatdi. Ayniqsa, “Rolli o‘yin”, “Case study”, “Debat” va guruhli loyiha metodlari o‘quvchilarda empatiya, o‘zaro yordam, bag‘rikenglik va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishda samarali vosita ekanligi aniqlandi. Tadqiqot yakunida interfaol metodlarni ta’lim jarayoniga tizimli joriy etish o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy va ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilishi asoslab berildi.

Сведения · Details