QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2026, т. 18, № B, с. 208-212
JADID DARSLIKLARI VA XRESTOMATIYALARINI TAHLIL QILISHNING METODOLOGIK ASOSLARI VA MEZONLARI
Аннотация · Abstract
Maqolada XX asr boshlarida Turkistonda jadid maʼrifatparvarlari tomonidan yaratilgan darsliklar va xrestomatiyalarni tizimli pedagogik tahlil qilishning metodologik asoslari yoritilgan. Jadidshunoslik, pedagogika tarixi va zamonaviy darslikshunoslik tadqiqotlari umumlashtirilib, mavjud ishlarda darsliklar yagona mezonlar asosida qiyoslanmaganligi koʻrsatilgan. Tarixiy-pedagogik, tizimli, germenevtik va qiyosiy yondashuvlar hamda kontent-tahlilga tayangan holda jadid darsliklarining vazifasiga koʻra tasnifi taklif etilgan. Mazmun, metodik tuzilish va didaktik tamoyillar birligiga asoslangan 18 mezondan iborat tahlil tizimi, uch darajali baholash shkalasi, kodlash tartibi va Y.A. Komenskiy hamda K.D. Ushinskiy didaktikasi bilan qiyoslash asosi ishlab chiqilgan. Taklif etilgan metodologik model jadid darsliklarini nafaqat mazmuniy jihatdan, balki ularning ta’limiy maqsadi, o‘quv materialini tanlash va tizimlashtirish tamoyillari, bilim berish usullari, o‘quvchi faolligini ta’minlash mexanizmlari hamda axloqiy-ma’rifiy yo‘nalishi nuqtayi nazaridan kompleks baholash imkonini beradi. Tadqiqot natijalari jadid darsliklarida an’anaviy ta’lim unsurlari bilan bir qatorda, o‘quvchining mustaqil fikrlashi, amaliy faoliyati va dunyoqarashini rivojlantirishga qaratilgan yangi pedagogik yondashuvlar shakllanganini aniqlashga metodologik asos yaratadi. Ishlab chiqilgan mezonlar tizimi tarixiy darsliklarni zamonaviy darslikshunoslik talablari asosida tizimli o‘rganish, turli mualliflar va nashrlarni o‘zaro qiyoslash hamda jadid pedagogik merosining didaktik xususiyatlarini obyektiv aniqlash uchun qo‘llanishi mumkin.
Сведения · Details
- DOI 10.54613/ku.v18ib.1805
- Журнал · Journal QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0