QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2026, т. 18, № B, с. 205-207
BOLALAR XALQ O‘YINLARI NOMLARINI TEMATIK TASNIFLASH MASALASI
Аннотация · Abstract
Bolalar xalq o‘yinlari xalqning tarixiy-madaniy xotirasi, milliy dunyoqarashi, ijtimoiy munosabatlari, qadriyatlari va an’analarini saqlovchi folklor namunalari deb hisoblanadi. Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz xalqlariga xos bolalar xalq o‘yinlarining tematik tasnifi qiyosiy-lingvomadaniy nuqtayi nazardan tadqiq etiladi. Unda bolalar o‘yinlarining mazmun va vazifasiga ko‘ra asosiy tematik guruhlari aniqlanib, ularda aks etgan milliy va umuminsoniy qadriyatlar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari bolalar xalq o‘yinlari til va madaniyat o‘rtasidagi munosabatni yorituvchi muhim lingvomadaniy manba ekanligini asoslaydi. Maqolada o‘zbek va ingliz xalq o‘yinlaridagi umumiy va milliy xususiyatlarni aniqlash maqsadida qiyosiy-chog‘ishtirma tahlil usulidan foydalanildi. O‘yinlardagi milliy-madaniy komponentlarning namoyon bo‘lish darajasi ular yaratilgan ijtimoiy muhit bilan bog‘liqligi ta’kidlanadi. O‘yin nomlaridagi leksik birliklar va obrazlar xalqning madaniy tajribasini ifodalaydi. O‘yinlarda faollashgan konseptlar bo‘yicha kognitiv modellar tavsiya etildi.
Сведения · Details
- DOI 10.54613/ku.v18ib.1792
- Журнал · Journal QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0