QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2026, т. 18, № B, с. 188-190
O‘ZBEK VA GERMAN TILLARIDA FUNKSIONAL – SEMANTIK KATEGORIYALARNING QIYOSIY TADQIQI
Аннотация · Abstract
Mazkur ilmiy tadqiqot o‘zbek va german tillaridagi funksional-semantik kategoriyalarning qiyosiy tahliliga bag‘ishlangan. Tadqiqotda ikki tilning grammatik va semantik tizimlari zamonaviy lingvistik yondashuvlar asosida o‘rganiladi hamda funksional-semantik birliklarning ifodalanish usullari tahlil qilinadi. Xususan, zamon, modalik, aspektuallik, predikativlik va subyektiv munosabat kabi kategoriyalarning til tizimidagi o‘rni hamda ularning nutq jarayonida qo‘llanish xususiyatlari qiyosiy jihatdan yoritiladi. Tadqiqot davomida o‘zbek va german tillaridagi umumiy va farqli jihatlar aniqlanib, ularning lingvistik tabiati ilmiy asosda tavsiflanadi. Shuningdek, funksional-semantik kategoriyalarning tarjima jarayonidagi ahamiyati ham ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari qiyosiy tilshunoslik, lingvosemantika, pragmalingvistika hamda tarjimashunoslik sohalarida nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
Сведения · Details
- DOI 10.54613/ku.v18ib.1708
- Журнал · Journal QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0