QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2026, т. 18, № B, с. 5-9
OʻZBEKISTON AXBOROT BOZORINING TUZILISHI VA BOZOR MUVOZANATI
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada Oʻzbekistonda axborot bozori tuzilishi, uning iqtisodiy mazmuni, rivojlanish xususiyatlari hamda bozor muvozanatini shakllantiruvchi asosiy omillar ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida axborot bozorining tarkibiy elementlari, ularning iqtisodiy tizimdagi funksional vazifalari, raqamli texnologiyalar asosida o‘zaro integratsiyalashuv darajasi va rivojlanish tendensiyalari kompleks yondashuv asosida baholandi. Shuningdek, axborot bozori shakllanishiga ta’sir etuvchi iqtisodiy, institutsional va texnologik omillar, iqtisodiy subyektlar o‘rtasidagi munosabatlar hamda raqamli transformatsiya jarayonlarining iqtisodiy samaradorlikka ta’siri o‘rganildi. Axborot asimmetriyasi, bozor ishonchliligi, signalizatsiya mexanizmlari va iste’molchilar xatti-harakatlariga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilindi. Natijalar axborot sifati, raqamli platformalar shaffofligi, foydalanuvchilar ishonchi va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish axborot bozori barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi. Shuningdek, raqamli infratuzilmani rivojlantirish, axborot xavfsizligini mustahkamlash hamda sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanishning istiqbolli yo‘nalishlari asoslab berildi.
Сведения · Details
- DOI 10.54613/ku.v18ib.1654
- Журнал · Journal QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0