QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2026, т. 18, с. 292-295
BO‘LAJAK PEDAGOGLARDA AXLOQIY KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY PEDAGOGIK MEXANIZMLARI
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada bo‘lajak pedagoglarda axloqiy kompetensiyani rivojlantirishning zamonaviy pedagogik mexanizmlari ilmiy asosda o‘rganildi. Tadqiqotning maqsadi – pedagogik ta’lim jarayonida axloqiy kompetensiyani shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi samarali yondashuv va usullarni aniqlashdan iborat. Metodologiya sifatida nazariy tahlil, taqqoslash, umumlashtirish bilan bir qatorda empirik usullar – kuzatish, so‘rovnoma, suhbat va test metodlari qo‘llanildi. Shuningdek, tajriba-sinov ishlari orqali interfaol metodlar, refleksiv faoliyat, muammoli vaziyatlar hamda qadriyatga yo‘naltirilgan yondashuvlarning samaradorligi baholandi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, zamonaviy pedagogik mexanizmlar asosida tashkil etilgan ta’lim jarayonida talabalarning axloqiy kompetensiyasi sezilarli darajada rivojlanadi, ularning mustaqil fikrlash, axloqiy qaror qabul qilish va ijtimoiy mas’uliyat hissi oshadi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, bo‘lajak pedagoglarda axloqiy kompetensiyani rivojlantirish tizimli yondashuv, interfaol metodlar va ijobiy pedagogik muhitni uyg‘un qo‘llash orqali samarali amalga oshiriladi hamda bu jarayon pedagog kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Сведения · Details
- DOI 10.54613/ku.v18i.1648
- Журнал · Journal QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0