QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2026, т. 18, с. 134-136
KREATIV SALOHIYATNI SHAKLLANTIRISHNING TUZILMASI VA KOMPONENTLARI
Аннотация · Abstract
Ushbu maqola bo‘lajak pedagoglarda kreativ salohiyatni shakllantirish muammosini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda kreativlik tushunchasining psixologik va pedagogik talqinlari tahlil qilinib, bo‘lajak pedagoglarning kasbiy tayyorgarlik jarayonida ijodiy faollikni rivojlantirish omillari aniqlangan. Observatsiya, suhbat va psixodiagnostik testlar yordamida kreativ salohiyatning tarkibiy komponentlari (ijodiy tafakkur, mustaqil faoliyat ko‘nikmalari, motivatsiya va ijtimoiy moslashuv) baholangan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, kreativ salohiyat pedagogik tayyorgarlik jarayonining ajralmas qismi bo‘lib, uni rivojlantirish tizimli, integrativ va shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik yondashuvni talab etadi. Mazkur tadqiqot natijalari bo‘lajak pedagoglarda kreativ salohiyatni rivojlantirish ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida tizimli yondashuvni talab etishini ko‘rsatadi. Kreativ salohiyatni shakllantirishda innovatsion pedagogik texnologiyalar, muammoli ta’lim usullari hamda interfaol metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, talabalarning mustaqil fikrlashi, ijodiy tashabbuskorligi va kasbiy motivatsiyasini rivojlantirish ularning kelajakdagi pedagogik faoliyat samaradorligini oshiradi. Tadqiqot kreativlikni rivojlantirishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim yondashuvining ustuvorligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Сведения · Details
- DOI 10.54613/ku.v18i.1601
- Журнал · Journal QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0