Central Asian Research Index

QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2026, т. 18, с. 28-31

“EdTech” PLATFORMALARNING MAKTABGACHA TA’LIMDAGI O‘RNI

Muqaddasxon Umarova

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tizimida “EdTech” (ta’lim texnologiyalari) platformalarining o‘rni, ahamiyati va ulardan samarali foydalanish masalalari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar yordamida bolalarning kognitiv, nutqiy va ijtimoiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda interaktiv platformalarning pedagogik afzalliklari va cheklovlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot davomida kuzatish, suhbat va tajriba-sinov metodlari asosida “EdTech” platformalarning amaliy samaradorligi baholandi. Olingan natijalar raqamli vositalardan foydalanish bolalarning o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish, mustaqil fikrlash va muammolarni hal etish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatdi. Shuningdek, maqolada maktabgacha ta’lim jarayonida raqamli va an’anaviy metodlarni uyg‘unlashtirish zarurligi asoslab berilib, pedagoglar va ota-onalar uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Сведения · Details