QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2026, т. 18, с. 22-24
ESHITISHDA NUQSONI BOʻLGAN BOLALARNING TABIATSHUNOSLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekistonda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda “yashil iqtisodiyot” yo‘nalishidagi tashabbuslarning ta’lim jarayoniga integratsiyasi yoritilgan. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda tabiatshunoslik kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik-metodik asoslari, inklyuziv va kompetensiyaviy yondashuvlar tahlil qilingan. Maxsus maktablarda vizual ta’lim vositalari, amaliy faoliyat, differensial yondashuv hamda PISA elementlarini qo‘llash samaradorligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari maxsus ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilarning ijtimoiy moslashuvini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, maqolada eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning psixofiziologik xususiyatlari inobatga olingan holda tabiatshunoslik fanini o‘qitishning o‘ziga xos jihatlari yoritilgan. Ta’lim jarayonida kommunikativ muhitni samarali tashkil etish, vizual-idrokiy faoliyatni faollashtirish hamda o‘quvchilarning mustaqil izlanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari asosida maxsus ta’lim amaliyotiga joriy etish mumkin bo‘lgan innovatsion yondashuvlar taklif etilib, ularning pedagogik samaradorligi asoslab berilgan.
Сведения · Details
- DOI 10.54613/ku.v18i.1562
- Журнал · Journal QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0