QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2026, т. 17, с. 298-300
GENDER SEZGIR JURNALISTIKANING TARAQQIYOT BOSQICHLARI
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada gender sezgir jurnalistikaning shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari tarixiy, qiyosiy va tizimli yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda gender masalasining media kontentidagi oddiy reprezentatsiya muammosidan jurnalistik faoliyatning professional, institutsional va texnologik mezoniga aylanish jarayoni ochib beriladi. Tahlil natijalari gender sezgir jurnalistikaning zamonaviy rivojlanishi media tasvirining muvozanatliligi bilan bir qatorda, tahririy qarorlar, jurnalistlarning raqamli xavfsizligi hamda sun’iy intellekt va algoritmik vositalardan foydalanish bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatadi. Shuningdek, gender stereotiplarining qayta ishlab chiqarilish xavfi va raqamli media muhitining yangi chaqiriqlari asosida gender sezgir jurnalistikaning istiqboldagi metodologik yo‘nalishlari asoslanadi.
Сведения · Details
- DOI 10.54613/ku.v17i.1869
- Журнал · Journal QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0