QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2026, т. 17, с. 304-308
FUQAROLIK JURNALISTIKASIDA GENDER MASALALARINING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI VA XORIJIY TAJRIBA
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada fuqarolik jurnalistikasida gender masalalarining nazariy-metodologik asoslari hamda xorijiy tajribada gender vakilligining shakllanish xususiyatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotda gender tengligi faqat axborot kontentini yaratuvchilar tarkibidagi miqdoriy nisbat sifatida emas, balki mavzu va manbalarni tanlash, ekspertlik pozitsiyalarining ifodalanishi, gender stereotiplarining namoyon bo‘lishi, raqamli platformalardagi ko‘rinuvchanlik va xavfsiz ishtirok kabi o‘zaro bog‘liq omillar majmui sifatida baholangan. Xorijiy amaliyot, xususan, Yevropa va boshqa mintaqalardagi tajriba qiyosiy hamda kontent-tahliliy yondashuvlar asosida o‘rganilib, raqamlashtirish gender nomutanosibliklarini avtomatik ravishda bartaraf etmasligi asoslangan. Tadqiqot natijalari fuqarolik jurnalistikasida gender vakilligini baholashda “ishtirok” bilan bir qatorda “ovoz”, “ta’sir” va “raqamli xavfsizlik” mezonlarini ham hisobga olish zarurligini ko‘rsatadi. Shu asosda gender-sezgir fuqarolik jurnalistikasini rivojlantirishning amaliy yo‘nalishlari taklif etilgan.
Сведения · Details
- DOI 10.54613/ku.v17i.1868
- Журнал · Journal QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0