QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2026, т. 17, с. 296-298
JADID MA’RIFATPARVARLIGIDA TA’LIM-TARBIYA TAMOYILLARI
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada jadid pedagoglarining ta’lim jarayoniga shaxsning har tomonlama kamolotini ta’minlovchi yaxlit pedagogik tizim sifatida yondashuvi tahlil qilinadi. Ayniqsa, jadid ma’rifatparvarlari tomonidan bilim berish jarayonini axloqiy hamda ma’naviy tarbiya bilan chambarchas bog‘liq holda tashkil etish g‘oyasi muhim pedagogik tamoyil sifatida talqin etilgani yoritiladi. Maqolada Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy va Munavvarqori Abdurashidxonovlarning pedagogik merosi tahlil qilinib, ularda ta’lim va tarbiya birligining mohiyati, maqsadi hamda pedagogik ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, jadid maktablarida o‘quv jarayonining tarbiyaviy yo‘nalganligi, o‘qituvchi shaxsining tarbiyadagi o‘rni hamda ta’lim mazmunining milliy va ma’naviy qadriyatlar asosida boyitilishi ilmiy jihatdan asoslanadi. Tadqiqotda tarixiy-pedagogik tahlil, qiyosiy va tizimli yondashuv metodlaridan foydalanilgan. Olingan natijalar jadid pedagogikasida ta’lim va tarbiya birligi g‘oyasi bugungi ta’lim tizimi uchun ham dolzarb ekanligini ko‘rsatadi hamda ushbu pedagogik merosni zamonaviy ta’lim jarayoniga integratsiya qilish imkoniyatlarini aniqlashga xizmat qiladi.
Сведения · Details
- DOI 10.54613/ku.v17i.1668
- Журнал · Journal QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0