Central Asian Research Index

QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2026, т. 17, с. 255-257

YONG‘OQCHILIK TARMOG‘IGA KIRITILAYOTGAN INVESTITSIYALAR VA ULARNING ISTIQBOLLI YO‘NALISHLARI

A. Karimova

Аннотация · Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekistonda yong‘oqchilik tarmog‘ini rivojlantirishga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar hajmi, tuzilishi va asosiy yo‘nalishlari kompleks tahlil qilingan. Tadqiqotda intensiv yong‘oq bog‘larini barpo etish, sug‘orish tizimlari, agrotexnologiyalar, mexanizatsiya va fitosanitar tadbirlarga qaratilgan investitsiyalarning amaldagi holati yoritilgan. Shuningdek, tarmoqda qo‘shilgan qiymatni oshirish, mahalliy ko‘chatchilikni rivojlantirish, qayta ishlash sanoatini kengaytirish va malakali kadrlar tayyorlash orqali investitsion samaradorlikni ta’minlash masalalari ilmiy jihatdan asoslab berilgan.

Сведения · Details