QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2026, т. 17, с. 223-224
GRAMMATIK SHAKL VALENTLIGINING LEKSEMA VALENTLIGIGA MUNOSABATI
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada zamonaviy tilshunoslikda muhim nazariy masalalardan biri hisoblangan valentlik kategoriyasi tahlil qilinadi. Xususan, grammatik shakl valentligining leksema semantik va leksik valentligiga ta’siri uch asosiy yo‘nalishda – cheklanish, kengayish va sifatiy o‘zgarish asosida yoritiladi. Tadqiqot jarayonida o‘zbek tilidagi fe’l nisbatlari, egalik va kelishik shakllari misolida grammatik shakllarning leksemalararo birikish imkoniyatlariga ta’siri dalillanadi. Shuningdek, orttirma nisbat orqali yangi aktantlarning (kauzator, patsiyens), birgalik nisbati orqali esa kontragent valentligining yuzaga kelishi ilmiy asosda izohlanadi. Shuningdek, orttirma nisbat shakllari orqali yangi aktantlarning – kauzator va patsiyens valentligining yuzaga kelishi, birgalik nisbati vositasida esa kontragent valentligining shakllanish jarayoni lingvistik nuqtai nazardan asoslab beriladi. Tadqiqot davomida grammatik shakllarning semantik va sintaktik tuzilishga ta’siri, ularning gap tarkibida aktantlar tizimini qay darajada boyitishi yoki o‘zgartirishi ham ko‘rib chiqiladi. Maqola natijalari grammatik shakl va leksik birliklar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni chuqurroq anglash, valentlik nazariyasini yanada rivojlantirish hamda o‘zbek tilining sintaktik-semantik tizimini tadqiq etishda muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi. Mazkur tadqiqot tilshunoslikda grammatik kategoriyalar va leksema valentligining o‘zaro ta’sir mexanizmlarini aniqlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Сведения · Details
- DOI 10.54613/ku.v17i.1527
- Журнал · Journal QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0