QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2026, т. 17, с. 130-133
ATROF-MUHIT MUHOFAZASIDA YASHIL LOYIHALARNING ROLI VA AHAMIYATI
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada atrof-muhitni muhofaza qilishda yashil loyihalarning roli va ahamiyati tahlil qilinadi. Ekologik muammolar – iqlim o‘zgarishi, atmosfera va suv resurslarining ifloslanishi, bioxilma-xillikning kamayishi sharoitida yashil iqtisodiyotga o‘tish zarurati asoslab berilgan. Tadqiqotda qayta tiklanuvchi energiya, yashil qurilish, ekologik transport, chiqindilarni boshqarish va bioxilma-xillikni tiklash yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy natijalar ko‘rib chiqilgan. Xususan, United Nations Environment Programme (UNEP) hisobotlari, Germaniyaning Federal Ministry for Economic Affairs and Climate Action (BMWK) hamda boshqa xalqaro manbalar asosida yashil loyihalarning ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida 2024-yil bo‘yicha ekologik ko‘rsatkichlar tahlili orqali yashil tashabbuslarning amaliy natijalari baholangan.
Сведения · Details
- DOI 10.54613/ku.v17i.1472
- Журнал · Journal QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0