QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2026, т. 17, с. 115-117
BOLALARDA TEMIR TANQISLIGI ANEMIYASIDA FERRITIN VA ZARDOB TEMIRINING DIAGNOSTIK QIYMATI
Аннотация · Abstract
Ushbu maqolada bolalarda temir tanqisligi anemiyasini tashxislashda ferritin va zardob temirining diagnostik qiymati har tomonlama yoritiladi. Temir tanqisligi anemiyasi bolalar orasida keng tarqalgan bo‘lib, jismoniy o‘sish, aqliy rivojlanish va immun tizimi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kasallikning dastlabki bosqichlarida klinik belgilar yaqqol namoyon bo‘lmasligi sababli laborator diagnostika alohida ahamiyat kasb etadi. Maqolada ferritinning organizmdagi temir zaxiralarini aks ettiruvchi asosiy biomarker sifatidagi roli hamda zardob temirining temir almashinuvidagi joriy holatni ifodalovchi ko‘rsatkich sifatidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu laborator ko‘rsatkichlarning afzalliklari va cheklovlari, ularni klinik belgilar bilan birgalikda baholash zarurati asoslab beriladi. Ferritin va zardob temirini kompleks tahlil qilish temir tanqisligi anemiyasini erta aniqlash, differensial tashxisni aniqlashtirish va davolash samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ko‘rsatib o‘tiladi.
Сведения · Details
- DOI 10.54613/ku.v17i.1465
- Журнал · Journal QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0