Central Asian Research Index

QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2026, т. 17, с. 160-163

ISTIQLOL DAVRI MUQIMIYSHUNOSLIGINING YETAKCHI TAMOYILLARI

Namunaxon Tursunova

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada istiqlol davri muqimiyshunosligining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamda yetakchi tamoyillari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etiladi. Mustaqillik yillarida Muqimiy ijodini o‘rganishda metodologik yondashuvlarning yangilanishi, sovet mafkurasi ta’siridan xoli, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida talqin qilish tamoyillari asoslab beriladi. Xususan, adib merosiga tarixiylik va xolislik mezonlari asosida yondashish, badiiy-estetik tafakkur, ijtimoiy-ma’naviy mazmun hamda muallif shaxsiyatining ijod bilan uzviy bog‘liqligini ochib berish masalalari yoritiladi. Shuningdek, istiqlol davri muqimiyshunosligida matnshunoslik, manbashunoslik va qiyosiy-adabiy tahlilning o‘rni va ahamiyati ko‘rsatib o‘tiladi. Maqola natijalari Muqimiy ijodini zamonaviy adabiyotshunoslik talablari asosida tadqiq etishda muhim ilmiy xulosalar chiqarishga xizmat qiladi.

Сведения · Details