QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2026, т. 17, с. 9-12
SANOAT KORXONALARINING RAQAMLI TA’MINOT ZANJIRIDA UZILISHLAR RISKI VA IoT ORQALI MONITORING MEXANIZMI
Аннотация · Abstract
Ushbu maqolada sanoat korxonalarining raqamli ta’minot zanjirida yuzaga keladigan uzilishlar riski (Supply-Chain Disruption) va ularni kamaytirishda IoT texnologiyalarining monitoring imkoniyatlari ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Global raqamli transformatsiya jarayonida ta’minot zanjiri tarkibining murakkablashishi, tashqi shoklarga sezgirlikning oshishi, transport va logistika jarayonlaridagi noaniqliklar sanoat korxonalarida barqaror ishlab chiqarish faoliyatiga jiddiy tahdid tug‘dirayotgani ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot davomida IoT-sensorlarga asoslangan real vaqt ma’lumotlarini yig‘ish, aktivlarning holatini monitoring qilish, smart-logistika tizimlari va raqamli kuzatuv platformalarining risklarni oldindan aniqlashdagi samarasi baholangan. Maqola yakunida sanoat korxonalari uchun IoT integratsiyasiga asoslangan risklarni boshqarish modeli taklif etiladi.
Сведения · Details
- DOI 10.54613/ku.v17i.1345
- Журнал · Journal QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0