QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2025, т. 16, с. 208-211
FUQAROLIK JURNALISTIKASIDA GENDER MUVOZANATI: ILMIY YONDASHUVLAR TADRIJI
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada fuqarolik jurnalistikasida gender muvozanatining shakllanishi va ushbu masalaga oid ilmiy yondashuvlarning tadrijiy rivojlanishi tahlil qilinadi. Tadqiqotda fuqarolik jurnalistikasining raqamli transformatsiyasi, gender ishtiroki, axborot vakilligi, kommunikativ ta’sir hamda raqamli xavfsizlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tizimli va qiyosiy yondashuvlar asosida ochib berilgan. Xalqaro statistik ma’lumotlar va zamonaviy ilmiy tadqiqotlar tahlili asosida gender muvozanatini faqat miqdoriy nisbat bilan baholash yetarli emasligi asoslandi. Natijada gender muvozanatini raqamli kirish, media ishtiroki, axborot vakilligi, kommunikativ ta’sir hamda xavfsiz va barqaror ishtirokni qamrab oluvchi ko‘p bosqichli jarayon sifatida baholash taklif etildi. Tadqiqot xulosalari fuqarolik jurnalistikasida gender tengligini ta’minlashda teng raqamli imkoniyatlar, mazmuniy vakillik va xavfsiz kommunikativ muhitning hal qiluvchi ahamiyatini ko‘rsatadi.
Сведения · Details
- DOI 10.54613/ku.v16i.1867
- Журнал · Journal QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0