Central Asian Research Index

QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2025, т. 16, с. 205-207

ME’YOR VA VARIANTLILIKNING O‘ZARO MUNOSABATI

Durdona Egamnazarova

Аннотация · Abstract

Maqolada adabiy til me’yori va variantlilik hodisasining o‘zaro munosabati nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Me’yor statik taqiqlar yig‘indisi tarzida emas, balki muqobil shakllar orasidan ijtimoiy-kommunikativ tanlov asosida qaror topadigan dinamik muvozanat tizimi sifatida talqin etiladi. Praga lingvistik to‘garagi, E.Koseriu nazariyasi, rus va o‘zbek me’yorshunosligi qarashlarini qiyoslash asosida variantlarning fonetik, morfologik, leksik va orfografik sathlardagi namoyon bo‘lishi o‘zbek adabiy tili materialida yoritiladi, ingliz tilidan qiyosiy parallellar keltiriladi. Variantlilik me’yorning buzilishi emas, aksincha, uning taraqqiyot manbai ekani asoslanadi. Tadqiqotda adabiy til me’yorining shakllanishi va barqarorlashuvida sotsiolingvistik yondashuv asosida ijtimoiy omillarning o‘rni ochib beriladi, shuningdek globallashuv jarayonida o‘zbek va ingliz tillaridagi me’yoriy o‘zgarishlar qiyosiy baholanadi.

Сведения · Details