QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2025, т. 16, с. 171-173
O‘ZBEKISTON TURIZM SANOATIDAGI MUVAFFAQIYATNI BAHOLASH KO‘RSATKICHLARINI ISHLAB CHIQISH MEXANIZMLARI
Аннотация · Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotining strategik tarmog‘iga aylanib borayotgan turizm sanoatining samaradorligini baholashda qo‘llaniladigan an’anaviy yondashuvlar tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, hozirgi kunga qadar soha muvaffaqiyati asosan miqdoriy ko‘rsatkichlar ya’ni turistlar oqimi bilan o‘lchanib kelmoqda, biroq iqtisodiy sifat va barqaror rivojlanish darajasini aks ettiruvchi kompleks indikatorlar tizimi yetarli darajada ishlab chiqilmagan. Bundan kelib chiqib, turizm industriyasining muvaffaqiyatini baholashda “Ko‘p o‘lchamli baholash mexanizmi” taklif etiladi. Mazkur mexanizm o‘z ichiga iqtisodiy multiplikator samarasi, hududiy infratuzilmaning yuklanish indeksi, xizmatlar eksportining diversifikatsiyasi hamda raqamli transformatsiyaning turizm mahsuloti tannarxiga ta’sirini baholashni oladi. Ushbu tadqiqot natijalari turizm sanoatidagi muvaffaqiyatni baholashda davlat siyosatini shakllantirish va investitsiya dasturlarini rejalashtirishda nazariy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Сведения · Details
- DOI 10.54613/ku.v16i.1334
- Журнал · Journal QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0