QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2025, т. 16, с. 44-46
PRAGMATIK LAKUNALAR: NUTQ ODATLARI VA ILTIFOT STRATEGIYALARI
Аннотация · Abstract
Maqolada pragmatik lakunalar nutq odatlari, illokutiv kuch va iltifot me’yorlari darajasidagi nomuvofiqliklar sifatida talqin etiladi. Tadqiqot Grice kooperativ prinsipi va implikatura nazariyasi, Brown va Levinsonning iltifot modeli, CCSARP loyihasi doirasidagi kross-madaniy pragmatika ishlari hamda Sperber va Wilsonning relevans nazariyasiga tayangan holda o‘zbek–turk va ingliz tillaridagi muloqot ssenariylarini qiyoslaydi. Uzoq salomlashuv, takroriy takliflar, “Qayerga?” kabi savollar, shuningdek, ingliz tilidagi yumshatilgan buyruqlar (“You might want to…”) turli madaniy skriptlar doirasida turlicha talqin qilinishi ko‘rsatiladi. Metodologik jihatdan maqola adabiyotlar tahlili, nutq aktlari bo‘yicha kross-kultural tadqiqotlar ma’lumotlari va o‘zbek nutqiy amaliyotini madaniy skriptlar tilida qayta konseptualizatsiya qilishga tayanadi. Xulosa sifatida pragmatik lakunalar leksik mos kelmaslikdan ko‘ra chuqurroq – qadriyatlar ierarxiyasi, “yuz” (face) tushunchasi va shaxsiy hududga aralashish chegaralaridagi farqlar bilan bog‘liq ekani isbotlanadi.
Сведения · Details
- DOI 10.54613/ku.v16i.1296
- Журнал · Journal QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0