Central Asian Research Index

QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2024, т. 13, с. 202-204

SHARQ VA G‘ARB ADABIYOTIDAGI QAHRAMON OBRAZLARI: MADANIY O‘XSHASHLIK VA FARQLAR

Jamshidbek G‘ulomov

Аннотация · Abstract

Ushbu maqolada Sharq va G‘arb adabiyotidagi qahramon obrazlari o‘rtasidagi madaniy o‘xshashlik va farqlar o‘rganiladi. Qahramonlar har bir jamiyatning tarixiy, diniy va ijtimoiy qadriyatlarini aks ettiruvchi muhim obrazlar bo‘lib, ularning qiyosiy tahlili global madaniyatni chuqurroq anglashga yordam beradi. Tadqiqotda Alpomish, Axilles, va Qirol Arthur kabi obrazlar misolida madaniy qadriyatlar, jasorat va sadoqat kabi umumiy xususiyatlar hamda individuallik va ijtimoiy mas’uliyatga asoslangan farqlar ko‘rib chiqiladi. Ushbu maqola madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish va adabiy o‘xshashliklarni yanada chuqurroq o‘rganishga imkon beradi.

Сведения · Details