QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2026, т. 19, № B, с. 238-242
HUNARMANDCHILIK DISKURSIDA MADANIY-MILLIY KONSEPTLARNING INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI LISONIY IFODASI
Qo‘qon davlat universiteti tayanch doktoranti.
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada hunarmandchilik diskursida madaniy-milliy konseptlarning ingliz va o‘zbek tillaridagi lisoniy ifodasi qiyosiy-kontrastiv nuqtayi nazardan tadqiq etiladi. Tadqiqotning maqsadi hunarmandchilik diskursida markaziy o‘rin tutuvchi madaniy-milliy konseptlarni aniqlash, ularning til vositalari orqali qanday ifodalanishini tahlil qilish hamda bu konseptlarning ingliz va o‘zbek tillaridagi saqlanish darajasini yoritishdan iborat. Metodologik asos sifatida lingvokulturologiya, konseptual tahlil va qiyosiy-kontrastiv tilshunoslik tamoyillariga tayanildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, hunarmandchilik diskursida “mehnat”, “usta”, “kasb”, “mahorat”, “an’ana”, “baraka”, “halollik” kabi markaziy konseptlar faoliyat yuritadi. Sof kasbiy-texnik mazmunga ega konseptlar ingliz tilida deyarli to‘liq izomorf tarzda saqlansa, diniy-axloqiy va ijtimoiy-ierarxik yuklamaga ega konseptlar tarjimada qisman allomorf o‘zgarishga uchraydi.
Сведения · Details
- DOI 10.54613/kgpnqw74
- Журнал · Journal QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0