QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2026, т. 19, № B, с. 243-248
O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA TADBIRKORLIK DISKURSIDA KOMMUNIKATIV STRATEGIYALARNING CHOG‘ISHTIRMA-PRAGMATIK TAHLILI
Qo‘qon davlat universiteti tayanch doktoranti.
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi tadbirkorlik diskursida qo‘llaniladigan kommunikativ strategiya va nutq taktikalari chog‘ishtirma-pragmatik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi tadbirkorlik muloqotida yetakchi o‘rin tutuvchi strategiyalarni aniqlash, ularni yuzaga chiqaruvchi lisoniy vositalarni tavsiflash hamda strategiyalarning ikki tildagi izomorfik va allomorfik xususiyatlarini ochib berishdan iborat. Metodologik asos sifatida qiyosiy-chog‘ishtirma, diskursiv, pragmatik va kontekstual tahlil usullari, shuningdek, korpusga tayangan funksional qiyos tamoyillari qo‘llanildi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, kooperativlik, kelishuv, bilvosita iltimos va rad etish, mas’uliyat olish, ishontirish, legitimlashtirish, inklyuzivlik, raqobiy pozitsiyalash va epistemik ehtiyotkorlik strategiyalari har ikki tilda mushtarak pragmatik ehtiyoj sifatida namoyon bo‘ladi. Strategik maqsad funksional jihatdan izomorfik bo‘lsa-da, uni amalga oshiruvchi vositalar allomorfikdir: o‘zbek tilida shart-hurmat shakllari, shaxs-son ko‘rsatkichlari va modal-predikativ birliklar, ingliz tilida esa modal fe’llar, interrogativ yumshatish va impersonal konstruksiyalar ustunlik qiladi.
Сведения · Details
- DOI 10.54613/cqx57q62
- Журнал · Journal QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0