QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2026, т. 19, № B, с. 234-237
MAKONIY IDENTITET HAQIDA MULOHAZALAR
Qo‘qon universiteti Andijon filiali dotsenti, PhD
Аннотация · Abstract
Maqolada makoniy identitet tushunchasining nazariy mazmuni hamda uning badiiy adabiyotdagi asosiy vazifalari tahlil qilinadi. Ingliz tilidagi ilmiy adabiyotlarda place-identity sifatida shakllangan tushuncha shaxsning muayyan joy, hudud, uy, Vatan yoki madaniy makon bilan bog‘liq xotira, mansublik va o‘zlik tasavvurlarini ifodalashi bilan izohlanadi. Adabiy matnda esa makon faqat voqea sodir bo‘ladigan fon emas, balki qahramonning kimligini belgilovchi, uning xotirasini faollashtiruvchi, qadriyatlarini tartibga soluvchi va “o‘z–begona” munosabatini yuzaga chiqaruvchi semantik tizim sifatida namoyon bo‘ladi. Tadqiqotda H. Proshansky, A. Fabian va R. Kaminoffning place-identity konsepsiyasi, Yi-Fu Tuanning makon va joy haqidagi fenomenologik qarashlari, G. Bachelardning intim makon poetikasi, E. Relphning joy va joysizlik talqini, H. Lefebvrening makonning ijtimoiy ishlab chiqarilishi haqidagi nazariyasi, M. Baxtinning xronotop konsepsiyasi hamda B. Westphal va R. T. Tallyning geokritik yondashuvlari metodologik tayanch sifatida qo‘llanadi. Maqolada badiiy makonning uy, Vatan, mahalla, shahar, yo‘l, chegara va g‘urbat kabi modellari ajratilib, ularning identifikatsion, mnemonik, aksiologik, psixologik-emotsional, narrativ-kompozitsion, chegaraviy-differensial va transformativ funksiyalari tizimlashtiriladi. Tahlil natijasida makoniy identitet qahramon yoki lirik subyektning tayyor xususiyati emas, balki makon bilan kechadigan tajriba, xotira, yo‘qotish, qaytish, ko‘chish va mansublik jarayonlarida shakllanuvchi dinamik poetik hodisa ekani asoslanadi.
Сведения · Details
- DOI 10.54613/adjkgf20
- Журнал · Journal QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0