Central Asian Research Index

QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2026, т. 19, № B, с. 193-198

ABDULLA QODIRIYNING “ULOQDA” HIKOYASINI O‘QISH ORQALI O‘QUVCHILARNING KITOBXONLIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH

Oyistaxon Usmonova

ToshDTU dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi.

Аннотация · Abstract

Maqolada Abdulla Qodiriyning “Uloqda” hikoyasi misolida “faol o‘qish modeli”ning o‘quvchilarda kitobxonlik va mustaqil mutolaa madaniyatini rivojlantirishdagi imkoniyatlarini asoslash maqsad qilingan. Maqolada adabiy-pedagogik tahlil, modellashtirish hamda matnni uch bosqichda (matngacha, matn davomida, matndan keyin) o‘qishni tashkil etish usullaridan foydalanildi; hikoya matni mantiqiy qismlarga ajratilib, har bir qismga faol o‘qish strategiyalariga mos savol va topshiriqlar biriktirildi. Bashorat qilish, savol berish, inferensiya, bog‘lash, tasavvur qilish, xulosa yasash, reaksiya bildirish va baho berish strategiyalari asosida “Uloqda” hikoyasini o‘qitishning 17 ta topshiriqdan iborat yaxlit dars modeli ishlab chiqildi. Taklif etilgan model o‘quvchini passiv tinglovchidan matn bilan faol muloqotga kirishuvchi tadqiqotchi kitobxonga aylantirishga hamda PISA talablariga mos o‘qish savodxonligini shakllantirishga xizmat qiladi.

Сведения · Details