QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2026, т. 19, № B, с. 149-154
TURIZM XIZMATLARI EKSPORTINI STATISTIK BAHOLASHNING MAVJUD METODLARI VA ULARNING KAMCHILIKLARI
Qo‘qon universiteti “Raqamli texnologiyalar va matematika” kafedrasi i.f.f.d (PhD), v.b dotsent.
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada turizm xizmatlari eksportini statistik baholashning O‘zbekistonda va xalqaro amaliyotda qo‘llanilayotgan mavjud metodlari tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi – milliy Turizm yordamchi hisobi (TSA) tizimi, to‘lov balansi (BPM6) metodologiyasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) tomonidan qo‘llaniladigan xalqaro standartlarni qiyosiy tahlil qilish va ular o‘rtasidagi nomuvofiqliklarni aniqlashdan iborat. Tadqiqot metodologiyasi sifatida qiyosiy tahlil, o‘zaro tekshirish va dinamik qatorlar tahlili usullaridan foydalanilgan. O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasining 2019–2024–yillar uchun TSA ma’lumotlari, UNWTO ma’lumotlar bazasi hamda BMTning barqaror rivojlanish maqsadlari ko‘rsatkichlari solishtirilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, turizmning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi bo‘yicha bir xil davr uchun milliy va xalqaro manbalarda 0,1–0,3 foiz bandga yetuvchi tafovutlar mavjud, shuningdek milliy statistika tizimida bir xil ko‘rsatkichning turli identifikatsiya kodlari ostida sal farqli qiymatlarda e’lon qilinishi, mintaqaviy kesimda turizmga oid ma’lumotlarning yo‘qligi va ma’lumotlarni e’lon qilishdagi vaqt lagi kabi metodologik kamchiliklar aniqlandi. Tadqiqot xulosalari turizm statistikasi tizimini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Сведения · Details
- DOI 10.54613/2ftsny35
- Журнал · Journal QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0