QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 2026, т. 19, № B, с. 204-207
ALISHER NAVOIYNING “LISON UT-TAYR” VA FARIDUDDIN ATTORNING “MANTIQ UT-TAYR” DOSTONLARI: ISTIQLOL DAVRI TADQIQOTLARI ASOSIDA QIYOSIY TAHLIL
Jizzax viloyat pedagogik mahorat markazi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b.
Аннотация · Abstract
Maqolada Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” va Fariduddin Attorning “Mantiq ut-tayr” dostonlari istiqlol davrida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar va adabiyotshunoslikdagi yangicha talqinlar asosida qiyosiy tahlil qilinadi. Har ikki asarning o‘zaro mushtarak jihatlari, g‘oyaviy-falsafiy asoslari, kompozitsion qurilishi hamda badiiy ifoda xususiyatlari adabiy an’ana va ijodiy o‘ziga xoslik munosabati doirasida yoritiladi. Xususan, qushlar timsoli, safar motivi, ramziy obrazlar tizimi va hikoyatlar vositasida insonning ma’naviy kamolotga intilishi, o‘zlikni anglash hamda haqiqatni izlash masalalarining badiiy ifodalanishiga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, Navoiy ijodiy tafakkurining Attor adabiy merosi bilan munosabati, Sharq mumtoz adabiyotidagi tasavvufiy qarashlarning poetik talqini va ijodiy qayta ishlanishi ilmiy nuqtayi nazardan baholanadi. Istiqlol davri navoiyshunosligida shakllangan yondashuvlar asosida ikki dostonning mazmuniy va shakliy xususiyatlari o‘rtasidagi o‘xshashlik hamda farqlar aniqlashtirilib, Navoiy badiiy mahoratining o‘ziga xos qirralari ochib beriladi. Maqola qiyosiy adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan mazkur asarlar o‘rtasidagi ijodiy aloqalarni chuqurroq anglashga hamda ularning o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixidagi ilmiy-estetik ahamiyatini belgilashga xizmat qiladi.
Сведения · Details
- DOI 10.54613/1ba9sk23
- Журнал · Journal QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0