Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2026
GARDNERELLYOZ BILAN KASALLANGAN AYOLLARDA QIN MIKROFLORASINING O'ZGARISHI VA UNI LABORATOR TEKSHIRISHNING ZAMONAVIY USULLARI
Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent, Alfraganus universiteti NOOT, Tibbiyot kafedrasi dotsenti
Аннотация · Abstract
Maqolada gardnerellyoz, ya’ni bakterial vaginoz bilan kasallangan ayollarda qin mikroflorasining tarkibiy va funksional o‘zgarishlari, ushbu jarayonning mikrobiologik mexanizmlari hamda laborator diagnostikasining zamonaviy usullari tahlil qilingan. Qinning normal mikrobiotsenozida laktobatsillalarning tutgan o‘rni, ularning himoyaviy xususiyatlari, bakterial vaginoz rivojlanishida Gardnerella vaginalis, Atopobium vaginae, Prevotella spp., Mobiluncus spp. va boshqa anaerob mikroorganizmlarning ishtiroki yoritilgan. Qin mikroflorasining disbiotik o‘zgarishlarini aniqlashda nativ mikroskopiya, Gram usulida bo‘yalgan surtmalarni tekshirish, Amsel mezonlari, Nyujent shkalasi, bakteriologik va molekular-genetik usullarning diagnostik ahamiyati qiyosiy tahlil qilingan. Bakterial vaginozning reproduktiv yoshdagi ayollar orasida tarqalishi mintaqalar bo‘yicha 23–29 foizni tashkil etishi, Nyujent shkalasiga nisbatan Amsel mezonlarining sezgirligi 37–70 foiz, molekular testlarniki esa 90,5–97,3 foiz ekani ko‘rsatilgan. Zamonaviy PZR texnologiyalari, real vaqt rejimidagi miqdoriy PZR va 16S rRNK genini sekvenirlash usullarining imkoniyatlari hamda klinik amaliyotda qo‘llash istiqbollari muhokama qilingan. Bakterial vaginoz diagnostikasida kompleks yondashuvdan foydalanish, mikrobiotsenozdagi o‘zgarishlarni to‘g‘ri baholash va differensial diagnostika o‘tkazish zarurligi asoslangan.
Сведения · Details
- DOI 10.5281/zenodo.24058498
- Журнал · Journal Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0