Central Asian Research Index

Qo'qon DPI. Ilmiy xabarlar, 2026, № 4 (A seriya), с. 1878-1886

Zamonaviy o'zbek nasrida inson ruhiyati tasvirining noan'anaviy shakllari (Nazar Eshonqul ijodi misolida)

Mehriniso Po'latovna Shukurova

Qarshi davlat universiteti

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada zamonaviy o'zbek nasrining yirik namoyandalaridan biri bo'lgan Nazar Eshonqul ijodida inson ruhiyati tasvirining noan'anaviy shakllari tahlil qilinadi. Yozuvchining hikoya va qissalarida qahramon ichki olamining ramziy tasvirlar, mifologik qatlamlar, ong oqimi, psixologik detal hamda metaforik obrazlar vositasida yoritilishi o'rganiladi. Tadqiqot davomida adib asarlarida inson va jamiyat, shaxs va borliq munosabatlari ruhiy kechinmalar orqali ifodalanishi ilmiy jihatdan asoslanadi. Asl nashr: Shukurova M.P. Zamonaviy o'zbek nasrida inson ruhiyati tasvirining noan'anaviy shakllari (Nazar Eshonqul ijodi misolida) // Qo'qon DPI. Ilmiy xabarlar. – Qo'qon, 2026. – №4. – A seriya. – B. 1878–1886.

Сведения · Details