Central Asian Research Index

Tibbiyot, ta’lim va innovatsion tadqiqotlar, 2026, т. 2, № 10, с. 643-648

SUN’IY INTELLEKT VA NEVROLOGIYA: NEYRODEGENERATIV KASALLIKLARNI ERTA TASHXISLASHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI (ADABIYOTLAR SHARHI)

Mahliyo Abror qizi Doniyorova, Sevinch Abror qizi Toshboeva, Xadija Baxtiyor qizi Tashxo‘djayeva, Ravshan Olmosov

Аннотация · Abstract

Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining nevrologik kasalliklarni erta aniqlash, tashxislash, kasallik kechishini prognozlash va davolash jarayonini takomillashtirishdagi imkoniyatlari ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilinadi. Xususan, Altsgeymer kasalligi, Parkinson kasalligi va boshqa asab tizimi kasalliklarini o‘rganishda mashinaviy o‘rganish, chuqur o‘rganish, tibbiy tasvirlarni avtomatik tahlil qilish hamda turli klinik ma’lumotlarni birgalikda qayta ishlash usullariga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, sun’iy intellektdan foydalanishda ma’lumotlar sifati, algoritmlarning ishonchliligi, tashqi tekshiruv zarurati, bemorlarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish va tibbiy qarorlar uchun mas’uliyat kabi muammolar ko‘rib chiqiladi. Adabiyotlar tahlili sun’iy intellekt nevrologik kasalliklarni aniqlash va bemorlarni kuzatishda istiqbolli yordamchi vosita ekanini, biroq uning klinik amaliyotdagi samaradorligi yetarli tekshiruv, shaffoflik va shifokor nazorati bilan ta’minlanishi lozimligini ko‘rsatadi.

Сведения · Details