Tibbiyot, ta’lim va innovatsion tadqiqotlar, 2026, т. 2, № 10, с. 604-610
O‘TKIR IKKILAMCHI PERITONITDA REGIONAR LIMFA TUGUNLARINING IMMUNOGISTOKIMYOVIY XUSUSIYATLARI
Аннотация · Abstract
Maqsad. O‘tkir ikkilamchi peritonitdan vafot etgan 18–45 yoshli shaxslarda mezenterial limfa tugunlarining CD3, CD4, CD20 va CD68 markerlari bo‘yicha immunogistokimyoviy xususiyatlarini baholash. Material va usullar. Respublika patologik anatomiya markazida 2018–2023-yillarda o‘tkir ikkilamchi peritonitdan vafot etgan 131 nafar shaxsning autopsiya materiallari retrospektiv o‘rganildi. Qiyoslash uchun tizimli yallig‘lanishsiz, yurak ishemik kasalligidan vafot etgan 15 nafar shaxsning materiallari sifat jihatidan me’yoriy namuna sifatida olindi. Parafin bloklari yetarli darajada saqlangan 33 ta mezenterial limfa tuguni namunasida CD3, CD4, CD20 va CD68 markerlari yordamida immunogistokimyoviy tekshiruv (DAB xromogeni) bajarildi. Ekspressiya 0–3 ballik tartibli shkala bo‘yicha baholandi. Natijalar. Parakortikal CD3/CD4 T-limfotsitar paneli 21 ta holatda (63,6%; 95% ID 46,6–77,8) past pozitiv, 12 ta holatda (36,4%; 95% ID 22,2–53,4) negativ bo‘lib, o‘rtacha ball 0,64±0,49 ni tashkil etdi. CD68-pozitiv makrofaglar 27 ta holatda (81,8%; 95% ID 65,6–91,4) o‘rtacha pozitiv, 6 ta holatda (18,2%) past pozitiv aniqlandi; o‘rtacha ball 1,82±0,39 ni tashkil etdi. CD20 B-limfotsitlari baholangan 32 ta holatning 21 tasida (65,6%) negativ, 11 tasida (34,4%) past yoki o‘rtacha pozitiv bo‘ldi; o‘rtacha ball 0,34±0,48 ni tashkil etdi. Umumiy hisobda, 33 ta holatning 32 tasida (97,0%; 95% ID 84,7–99,5) CD20 ekspressiyasi kamaygan yoki yo‘qolgan. Xulosa. O‘tkir ikkilamchi peritonitda mezenterial limfa tugunlaridagi T- va B-limfotsitlar populyatsiyalari bir vaqtda kamayishi, makrofagal reaksiya esa kompensator tarzda kuchayishi kuzatiladi. Ushbu manzara ikkilamchi immun tanqislikning morfologik ifodasi bo‘lishi mumkin hamda limfa tugunlarining drenaj va to‘siq funksiyalari buzilganini ko‘rsatishi mumkin.
Сведения · Details
- DOI 10.5281/zenodo.23734278
- Журнал · Journal Tibbiyot, ta’lim va innovatsion tadqiqotlar
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0