Central Asian Research Index

Tibbiyot, ta’lim va innovatsion tadqiqotlar, 2026, т. 2, № 10, с. 566-576

MARKAZIY OSIYODA ANEMIYA: KASALLIKMI YOKI IRSIY OMIL NATIJASI?

Hojiakbar Ilhom oʻgʻli Hasanboyev, Ravshanbek Sabirjanovich Xajimatov

Аннотация · Abstract

Maqolada Markaziy Osiyoda anemiya tarqalishining oziqlanish, epidemiologik va irsiy omillari ilmiy adabiyotlar va rasmiy statistik manbalar asosida tahlil qilindi. Tadqiqot ikkilamchi manbalarga tayangan tavsifi y-tahliliy sharh sifatida olib borildi. O‘zbekistonda 2017-yilgi milliy oziqlanish so‘roviga ko‘ra, 15-49 yoshdagi homilador bo‘lmagan ayollarda anemiya 41%, temir tanqisligi 20% va folat tanqisligi qariyb 50% bo‘lgan. Bu raqamlar anemiyani yagona sabab bilan izohlash mumkin emasligini ko‘rsatadi. JSSTning 2024-yilgi gemoglobin chegaralari qo‘llanilib, anemiyaning klinik va epidemiologik farqlari izohlandi. Tarixiy oziq-ovqat tanqisligi tufayli anemiya irsiy normaga aylangani haqidagi muallifl ik farazi genetik va klinik ma’lumotlar bilan tanqidiy taqqoslandi: uni tasdiqlovchi mintaqaviy populyatsion dalillar yetarli emas. Temir tanqisligi bilan genetik gemoglobinopatiyalarni bir-biridan farqlash zarurligi asoslandi. Profi laktikada to‘g‘ri tashxis, un fortifi katsiyasi, ovqatlanish sifatini yaxshilash, ona-bola salomatligi va ixtiyoriy genetik maslahatni uyg‘unlashtirish tavsiya etildi. Olingan xulosalar mintaqada yangi klinik kuzatuv emas, balki mavjud ma’lumotlar talqinidir. [10, 12, 14][1]

Сведения · Details