Tibbiyot, ta’lim va innovatsion tadqiqotlar, 2026, т. 2, № 10, с. 560-565
O‘ZBEKISTONDA TIBBIY MIKROBIOLOGIYA FANINING RIVOJLANISHIGA HISSA QO‘SHGAN OLIMLAR VA ILMIY-PEDAGOGIK MAKTABLAR
Аннотация · Abstract
Maqolada O‘zbekistonda tibbiy mikrobiologiya fanining shakllanishi va rivojlanish tarixi, tibbiyot oliy ta’lim muassasalaridagi mikrobiologiya kafedralarining ilmiy-pedagogik faoliyati hamda soha taraqqiyotiga hissa qo‘shgan olimlarning xizmatlari tahlil qilingan. Toshkent va Samarqand tibbiyot oliy ta’lim muassasalari, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish tizimi hamda Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatiga e’tibor qaratilgan. Olimlarning ilmiy yo‘nalishlari, tibbiy mikrobiologiyani o‘qitish, laboratoriya diagnostikasini rivojlantirish va milliy ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashdagi o‘rni yoritilgan. Milliy tibbiy mikrobiologiya merosini saqlash va uni zamonaviy ta’lim hamda ilmiy tadqiqotlar bilan uyg‘unlashtirishning ahamiyati asoslangan.
Сведения · Details
- DOI 10.5281/zenodo.23722398
- Журнал · Journal Tibbiyot, ta’lim va innovatsion tadqiqotlar
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0